Hisobni va ma'lumotlarni o'chirish

Yangilangan: 2026-yil 1-fevral

Uy+ ilovasidagi hisobingizni va u bilan bog'liq shaxsiy ma'lumotlarni (telefon, FIO, hisobvaraqlar, QES integratsiyalari, buyurtmalar tarixi) istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Quyida ikki usul keltirilgan.

O'chirish so'rovini e-pochta orqali yuborish

Xat tayyor mavzu bilan ochiladi — telefon raqamingizni kiriting va yuboring.

Ilova orqali (tavsiya etiladi)

  1. Uy+ ilovasini oching va Profil bo'limiga o'ting;
  2. «Hisobni o'chirish» bandini tanlang;
  3. Sababni ko'rsating (ixtiyoriy) va SMS-kod bilan tasdiqlang;
  4. Hisob darhol bloklanadi; 30 kun ichida qayta kirmasangiz, butunlay o'chiriladi.

E-pochta orqali

azimjon.nodir@gmail.com manziliga «Hisobni o'chirish — Uy+» mavzusi bilan xat yuboring va hisobdagi telefon raqamini ko'rsating. Shaxsni tasdiqlash uchun shu raqamga SMS-kod yuboramiz. So'rov 10 ish kuni ichida bajariladi va natija haqida xabar beramiz.

Nima o'chiriladi va nima saqlanadi

O'chiriladi: profil (telefon, FIO), ulangan hisobvaraqlar va hisoblagichlar, QES integratsiya tokenlari va monitoring tarixi, buyurtmalar, bildirishnoma sozlamalari, qurilma identifikatorlari.

  • Saqlanadi (anonimlashtirilgan holda, qonun talabi bo'yicha 5 yil): to'lov tranzaksiyalari va hisob-fakturalar — buxgalteriya va soliq hisobi uchun;
  • Yuridik shaxs hisobini faqat tashkilot egasi (Owner) o'chira oladi; avval to'lanmagan hisob-fakturalarni yopish kerak.

Batafsil: Maxfiylik siyosati — uyplyuz.uz/privacy/